Mobil ilovalarning maxfiylik siyosati

ADAMS Pulse va ADAMS Beat mobil ilovalari ish joyidan olisda ADAMS tizimi orqali qulay ishlash imkoniyatini ta’minlaydilar. Mobil ilovalar ADAMS tizimi bilan NOMAD servisi orqali ma’lumot almashadi.


ADAMS Pulse va ADAMS Beat ilovalarini o‘rnatish bilan siz quyida keltirilgan hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarning to‘planishi va ulardan foydalanishga rozilik bildirasiz.
Ushbu ma’lumotlar ADAMS tizimi va NOMAD servisi joylashgan server egasi tomonidan saqlanadi.


Olinadigan va foydalaniladigan ma’lumotlar


1. Foydalanuvchining hisobga olinuvchi ma’lumotlari.
Ular foydalanuvchi ilovada autentifikatsiyadan o‘tganda NOMAD servisiga yuboriladi. Ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun ishonchli sertifikatlash markazi tomonidan taqdim etilgan HTTPS-ulanish va sertifikatdan foydalanish tavsiya etiladi.


2. Ilovada ishlash jarayonida foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar.
Misol uchun, hujjatlar va vazifalar. Ushbu ma’lumotlar NOMAD servisi orqali ADAMS tizimiga uzatiladi va u yerda saqlanib qoladi.


3. Foydalanuvchining raqamli sertifikati haqida ma’lumot.
Agar mobil ilovalar takomillashtirilgan elektron imzo yordamida hujjatlarni imzolash uchun qo‘llanilayotgan bo‘lsa, NOMAD servisi sertifikat yuzasidan ma’lumotlarni ADAMS tizimiga uzatadi.


4. Foydalanuvchining qurilmasi haqidagi ma’lumot.
Operatsion tizimning nomi va versiyasi, qurilmaning unikal identifikatori va nomi. Ushbu ma’lumotlardan, shuningdek, ilovaning log-fayllaridagi ma’lumotlardan, administrator tomonidan mobil ilovalarning ishlashini kuzatib borish, jumladan, xatolarni bartaraf etish uchun foydalanilishi mumkin.


5. ADAMS tizimidan olingan ma’lumotlar.
Topshiriqlar yuzasidan yozishmalar, hujjatlarning kartochkalari yuzasidan ma’lumotlar va ularning mazmuni. NOMAD servisi ushbu ma’lumotlarni foydalanuvchining mobil qurilmasiga, ilovada internet tarmog‘iga ulanmagan holda ishlash imkoniyatini ta’minlash uchun uzatadi. Ma’lumotlar ilova xotirasining ichki jabhasida saqlanishi sababli, ularga kirish huquqi cheklangan bo‘ladi. Hujjatlar eksportini faqatgina Pulse va Beat ilovalari orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Mobil qurilmalardagi maxfiy ma’lumotlarning uzatilishi va saqlanishining oldini olish maqsadida, administrator hujjatlarning Pulse va Beat ilovalariga yuklashni taqiqlash huquqiga ega.


6. ADAMS tizimidagi o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumotlar.
Masalan, yangi vazifalar yoki mavjud vazifalarning o‘zgarishi haqidagi. Ushbu ma’lumotlar NOMAD servisi tomonidan Firebase Cloud Messaging orqali uzatiladi


Ma’lumotlarni o‘chirish


ADAMS tizimidan mobil ilovaga yuklangan ma’lumotlar ilova bilan birga o‘chiriladi. Agar foydalanuvchining qurilmasiga kirish imkoniyati yo‘qotilgan bo‘lsa (misol uchun, xodim ishdan bo‘shatilganda yoki qurilma yo‘qotilganda), administrator ilovaga yuklangan ma’lumotlarni masofadan turib o‘chirish imkoniyatiga ega.